Daryo

A Seriya. Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda “Spetsiya” g‘alabani qo‘ldan chiqardi 

“Spetsiya” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi

1 daqiqa o‘qish20 622 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-turida “Spetsiya” 11-fevral, shanba kuni “Empoli”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 21-daqiqasidayoq “Empoli” bir kishi kam bo‘lib qoldi. Fabiano Parisi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 25-daqiqada Daniele Verdi penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 31-daqiqada Verde dublni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida “Spetsiya“ a’zosi Salvatore Espozito qizil kartochka oldi. Shu tariqa jamoalar maydonda 10 kishidan bo‘lib qoldi. 71-daqiqada Nikolo Kambyagi hisobni qisqartirdi. O‘yin so‘ngida esa Emmanuel Vinyato muvozanatni tikladi. Bahs 2:2 hisobi bilan yakunlandi. 

Eldor Shomurodov uchrashuvda 90 daqiqada harakat qildi. 

“Spetsiya” ochkolari sonini 19 taga yetkazib, 17-pog‘onani band etgan.

A Seriya

22-tur bahsi

11-fevral, shanba

“Empoli” – “Spetsiya” 2:2

Gollar: 0:1 – 25 Verde, 0:2 – 31 Verde, 1:2 – 71 Kambyagi, 2:2 – 90 Vinyato.

“Empoli”: Vikario, Ebuexi (Stoyanovich, 60), Luperto, Ismayli, Parizi, Akpa-Akpro (Pikkoli, 60), Marin, Bandinelli (Vinyato, 85), Baldansi (Kakache, 26), Kaputo (Satriano, 85), Kambyagi.

“Spetsiya”: Drongovski, Nikolau, Amyan, Visnevski, Resa, Burabiya, Agudelo (Sipot, 79), Espozito, Jasi (Holm, 64), Eldor Shomurodov, Verde (Ekdal, 52).

Ogohlantirishlar: Vikario (24), Nikolau (25), Verde (33), Espozito (39), Ekdal (63).

Chetlatish: Parizi (21), Espozito (49).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar