Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga chiqqan.
2022-yilning yanvar—noyabr oylarida o‘zbekistonlik talabalar o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan davlatlar:
- Qirg‘iziston — 52 291 kishi;
- Tojikiston — 47 213 kishi;
- Rossiya — 13 128 kishi;
- Qozog‘iston — 10 646 kishi;
- Turkiya – 5 265 kishi;
- Janubiy Koreya — 4 645 kishi;
- AQSH — 987 kishi;
- Buyuk Britaniya — 971 kishi;
- Belarus — 928 kishi;
- Germaniya — 772 kishi.
Mavzuga doir: Aksariyat o‘zbekistonliklar dam olish uchun Turkiyani afzal ko‘radi. 11 oyda 220 ming kishi ushbu mamlakatga sayohat qilgan
Izoh (0)