Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Noyabr oyida Koreyada uylar narxi 0,32 foizga tushdi. Bu 2013-yildan beri eng katta pasayishdir, deya xabar bermoqda Bloomberg. 

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Mazkur pasayish mahalliy Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining keskinlashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, so‘nggi 16 oy davomida bank foiz stavkasi faqat oshirilgani bilan bog‘liq. 

Bu ko‘chmas mulk bozoriga bosim o‘tkazadi va siyosatchilarning kredit tashvishlariga ham sabab bo‘ladi: ko‘chmas mulk Koreyadagi rekord darajadagi uy xo‘jaliklari qarzining asosiy omili hisoblanadi.

Bundan tashqari Gonkongda hashamatli mulk ijarasi narxlari o‘tgan yilgi cho‘qqisiga nisbatan o‘rtacha 10 foizdan ko‘proqqa tushdi. Shuningdek, shaharda hashamatli ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 15 oylik eng past darajaga tushdi. Mazkur ma’lumotlarni Knight Frank agentligi keltirib o‘tdi

Agentlik tahlilchilarining fikricha, muhojirlarning ketishi, koronavirus cheklovlari va noaniq makroiqtisodiy vaziyat ta’sir Gongongdagi uylar narxiga ta’sir qilgan. Mamlakatda 2023-yilda hashamatli mulklar qiymati yana 5-10 foizga tushishini kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda eski uylar narxi o‘sayotgani ma’lum qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)