Daryo

Amerikaliklar “Qora juma”da onlayn xaridlarga rekord darajada ko‘p pul sarfladi

Elektronika, o‘yinchoqlar va fitnes jihozlarining onlayn savdosi sezilarli darajada oshgan

1 daqiqa o‘qish41 323 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: CNBC

Bu yil shukronalik kunidan keyin “Qora juma” kuni AQSHdagi iste’molchilar onlayn xaridlarga 9,12 milliard dollar sarfladi, bu rekord ko‘rsatkichdir. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Foto: CNBC

Qayd etilishicha, shu kuni umumiy onlayn-sotuvlar yiliga 2,3 foizga oshgan, ayniqsa elektronika sohasida: ushbu mahsulotlarning onlayn-sotuvlari oktabr oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 221 foizga ko‘paygan. 

Yana bir ommabop toifadagi sotuvlar o‘yinchoqlarga tegishli bo‘lib, ularda 285 foizlik o‘sish qayd etilgan. Fitnes jihozlari savdosi ham 218 foizga oshgan.

Biroq, ko‘plab xaridorlar narxlarning oshishi va inflyatsiya tufayli bo‘lib-bo‘lib to‘lash taklifini qabul qilgan. 

Ushbu to‘lov sxemasidagi xaridlar soni o‘tgan haftaga nisbatan 78 foizga oshgan. Telekanalning ta’kidlashicha, bu yil ham smartfonlarga o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq buyurtma berilgan — 44 foizga nisbatan 48 foiz.

Moody’s ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH uy xo‘jaliklari o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha oyiga 433 dollarga ko‘p mablag‘ sarflamoqda.

Mavzuga doir: Amerikaliklar inflyatsiya tufayli sovg‘alar va xayriya xarajatlarini qisqartirmoqchi — WSJ

 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar