Daryo

Televizor ko‘rishdan yaxshiroq: uxlashdan oldin qanday ishlar bilan shug‘ullanish kerak?

Uxlashdan oldin birorta ibratli hikoya yoki o‘zingizga yoqqan asarni o‘qishingiz mumkin

2 daqiqa o‘qish24 153 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: The Voice

Uxlashdan oldin televizor tomosha qilish yoki telefondan foydalanish salomatlikka jiddiy zarar yetkazadi. Uning o‘rniga boshqa ishlar bilan shug‘ullanish, vaqtni samarali o‘tkazish mumkin. The Voice nashri uxlashdan oldin shug‘ullanish kerak bo‘lgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: The Voice

Ertaga qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizning ro‘yxatini tuzing. 

Erta qilmoqchi bo‘lgan barcha ishlaringizning ro‘yxatini tuzing. Agar ertangi kunni rejalashtirsangiz, boshingizni keraksiz savollar bilan to‘ldirmaysiz va shu bilan birga reja bilan ish tutish kunning samarali o‘tishini ta’minlaydi.

Ertangi kun qanday obrazda bo‘lishingizni o‘ylab ko‘ring

Ertalab nima kiyish haqida o‘ylashga qancha vaqt sarflaysiz? Buning yo‘li bor: kechqurun kiyimlaringizni tayyorlab qo‘ying. Shundan keyin sizda kiyimingizni almashtirishga va ertalab juda ko‘p vaqtingizni tejashga imkon bo‘ladi.

“Antistress-raskraska” yoki raqamlar bo‘yicha rasm chizish

Bunday holatda inson o‘zini yaxshi his qiladi, mashg‘ulot stressni yengishga va uyquga moslashishga yordam beradi.

Kitob o‘qish

Kitob o‘qish uyqudan oldin qilinadigan samarali ishlardan biri hisoblanadi. Uxlashdan oldin birorta ibratli hikoya yoki o‘zingizga yoqqan asarni o‘qishingiz mumkin. Agar o‘qishni yoqtirmasangiz audiokitob tinglasangiz ham bo‘ladi.

Yoga

Yoga faqat professional mutaxassislar shug‘ullanadigan mashg‘ulot emas, siz ham bir nechta oddiy mashqlarni bajarishingiz mumkin. Shuningdek yoga qomatga ta’sir ko‘rsatadi va dam olishga yordam beradi.

O‘zingizni o‘zingiz massaj qiling

Uxlashdan oldin dam olishning yana bir varianti o‘zingizni o‘zingiz massaj qilishdir. Ijtimoiy tarmoqlarda bu bo‘yicha ko‘plab qo‘llanmalar mavjud.

Yuz va tana uchun niqob

Makiyaj sumkangizda ko‘plab niqoblar bor bo‘lsa, ulardan foydalaning. Uxlashdan oldin o‘zingizga g‘amxo‘r bo‘ling va yuzingiz yoki tanangiz uchun niqob qiling.

Yangi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning

Qachondir to‘qishni yoki gitara chalishni o‘rganishni xohlaganmisiz? Uxlashdan oldin bu mashg‘ulotlarni o‘rganishga kirishing va o‘zingiz yoqtirgan ish bilan mashg‘ul bo‘ling.

Krossvord

Sudoku, so‘z o‘yinlari, matematik jumboqlar, nima bo‘lishidan qat’i nazar miyangizni harakatga keltiring — bu qiyin, biroq yoqimli jarayon.

Yaxshi ko‘rgan insonlaringizga yoki narsalaringizga vaqt sarflang

Uy hayvonlaringiz bilan o‘ynang, farzandingiz bilan kitob o‘qing, sevgan insoningiz bilan dildan suhbatlashing, anchadan beri ko‘rmagan do‘stingizga qo‘ng‘iroq qiling. Bu vaqtni hayotingizda ahamiyatga ega bo‘lgan insonlarga sarflang.

Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar