Daryo

Kipriklarni tush bilan uzun va qalin qilish uchun 4 ta oddiy layfxak

Kipriklarga tush qo‘llangandan keyin ularni yana oddiy tish cho‘tkasi bilan tarash lozim

1 daqiqa o‘qish21 743 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Voice Mag

Qalin kipriklarga erishish uchun salon yoki vizajistga murojaat qilish shart emas. Bu borada oddiy tushlar ham qo‘l keladi. The Voice Mag nashri kipriklarni qalin va uzun ko‘rsatishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: The Voice Mag

Fen bilan do‘stlashing

Kiprik qayiruvchi vositani ishlatishdan oldin uni fen bilan ozgina qizdirish natijani ancha yaxshilaydi. Lekin ehtiyot bo‘lish kerak, harorat o‘ta issiq emas, balki o‘rtacha bo‘lishi lozim. Aks holda beixtiyor kipriklarga shikast yetishi mumkin.

Tushni issiq suvga botiring

Tush odatdagidan yaxshiroq surtilishi uchun uni qo‘llashdan 10 daqiqa oldin idishni bir stakan issiq suvga botirish tavsiya etiladi. Ushbu layfxak tushning xususiyatlarini faollashtirishga yordam beradi va uni yanada samaraliroq qiladi.

Kiprikni tish cho‘tkasi bilan tarang

Kipriklarga tush qo‘llangandan keyin ularni yana oddiy tish cho‘tkasi bilan tarash lozim. Tush to‘liq quruq bo‘lgunga qadar ushbu jarayon amalga oshirilishi muhimdir. Shunda bir vaqtning o‘zida 3 ta muhim vazifa bajariladi: kipriklar bir-biriga yopishib qolmaydi, ko‘tariladi va chiroyli tarzda uzunlashadi.

Kipriklarni upalash

Kipriklarni tush bilan bo‘yashdan oldin ularning ustidan upa sepish kerak. Ushbu usul kipriklarni yanada qalin ko‘rinishiga yordam beradi. Bunday layfxakdan keyin kipriklar bir-biriga yopishib ketmaydi va tabiiy ko‘rinish hosil qiladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar