O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi Seuldagi tiqilinchda vafot etgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi.
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch sabab odamlar vafot etgani, ular orasida O‘zbekiston Eron, Xitoy va Norvegiya fuqarolari ham borligi ma’lum qilingandi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasining xabar berishicha, 29-oktabr 13:00 holatida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mudhish voqeada bir nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.
Elchixona yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatida yordam kerak bo‘lsa, elchixonasi konsullik bo‘limi hamda Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasiga zudlik bilan murojaat qilishga chaqirgan (elchixona: 010-6802-1969, uyushma: 010-8495-0027).
Ma’lumot uchun, 29-oktabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahri markazida Xellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch sabab odamlar yurak xurujiga uchragan edi. Ko‘chalar odamlar bilan gavjum bo‘lgan. Olomon o‘tib borayotganida tiqilinch yuz bergan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida vafot etganlar soni 151 kishiga yetgan, 82 kishi jarohatlangan. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Seuldagi fojia munosabati bilan milliy motam e’lon qildi hamda qurbonlar va qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Izoh (0)