Daryo

Amerikalik xonanda Kanye Uest bir kunda milliard dollardan ko‘proq pul yo‘qotdi

Hamkorlikni to‘xtatgan nemis sport kompaniyasi tomonidan tuzilgan bitim Uestning 1,5 milliard dollarlik boyligini tashkil etgan

1 daqiqa o‘qish39 416 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pinterest

Amerikalik reper Kanye Uest Adidas kompaniyasining homiyligidan ajralib chiqqanidan keyin milliarder maqomini yo‘qotdi, deb yozadi “Korrespondent.net”

Foto: Pinterest

Ta’kidlanishicha, hamkorlikni to‘xtatgan nemis sport kompaniyasi bilan tuzilgan bitim Uestning 1,5 milliard dollarlik boyligini tashkil etgan. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, shundan so‘ng reperning boyligi 400 million dollarga baholanmoqda.

O‘z ismini rasman Ye deb o‘zgartirgan Uest Adidas bilan 2013-yildan buyon Yeezy krossovkalari seriyasida hamkorlik qilib kelar edi. Bundan tashqari, GAP, Balenciaga va Vogue ham Uest bilan hamkorlikni tugatdi.

“Men shuni ayta olamanki, bu antisemitizm (yahudiylarga dushmalik ko‘zi bilan qarash) va Adidas meni tashlab keta olmaydi”, — degan edi biroz avval Uest Drink Champs podkastida.

Mavzuga doir: Reper Kanye Uest penoplastdan avtomobil ishlab chiqarmoqchi (foto)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar