Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston elchixonasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston mahsulotlarini Xitoy bozoriga olib kirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligiga tayanib, EastFruit xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xitoy xalq respublikasi raisining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan loviya va qovun qoqi eksporti uchun fitosanitariya talablari to‘g‘risidagi bayonnomalar imzolandi.

Imzolangan protokollar Xitoyga eksport hajmini oshirishda yangi imkoniyatlarni paydo qilmoqda. 

O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan barcha mahsulotlar sanitariya-gigiyena me’yorlari, fitosanitariya qoidalari va bayonnomalarda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi kerak.

O‘zbekistonlik fermerlar o‘z mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksport qilishni tashkil etish uchun O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin, u qabul qilingan protokollarga muvofiq, Xitoy talablariga ko‘ra yetkazib beruvchilar ro‘yxatini shakllantiradi.

Avvalroq Xitoyga 17 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan, gilos, mosh, sarxil qovun, kunjut kabilarni eksport qilishga ruxsat olingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi