Daryo

Foto: “Endi birlashmoq zamonidir” — Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma

Umuman, ko‘rgazmada Behbudiyning 200 dan ortiq maqolalari, maktublari, sayohat esdaliklaridan tanlab olingan iqtiboslar keltirilgan

2 daqiqa o‘qish81 459 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi arafasida Toshkentdagi Tasviriy san’at galereyasida jamoat arbobi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasiga bag‘ishlab “Samarqanddan maktublar” nomli ko‘rgazma tashkil etilgan edi. “Daryo” fotomuxbiri ushbu ko‘rgazmadan fotojamlanma tayyorladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumot uchun, “Samarqanddan maktub” 1903-yildan boshlab “Turkiston viloyati gazetasi” uchun jadidchilikning yorqin namoyondasi tomonidan yuborilgan turkum maqolalar to‘plami bo‘lib, unda millatni zulmatdan nurga eltuvchi ilm va taraqqiyot g‘oyalari haqida Behbudiyning  fikrlari batafsil bayon etilgan.

Ko‘rgazma Qrim, Bog‘chasaroyning qadim suratlari, Ismoilbey G‘aspirali va Behbudiyning portretlaridan boshlanadi. “Tarjimon” gazetasining fotonusxalari G‘aspirali va Behbudiyning maqolalaridan olingan parchalar bilan birga qo‘yilgan. Samarqandning professor Prokudin Gorskiyning albomidan o‘rin olgan suratlari va tadqiqotchi Samuil Dudinning 1902-yildagi fotoarxivlari ko‘rgazma maqolalarini boyitib turibdi. Ularning har biriga Behbudiyning Turkiston haqidagi maqolalaridan parchalar biriktirilgan.

Ko‘rgazma zalining markazida “Padarkush” spektaklining birinchi sahnasi uchun dekoratsiyalar ramzi sifatida Samarqand maktabi so‘zanalari, kiyimlar, patnis va sandiqlar joylashtirilgan. Umuman, ko‘rgazmada Behbudiyning 200 dan ortiq maqolalari, maktublari, sayohat esdaliklaridan tanlab olingan iqtiboslar keltirilgan. Tashrif buyuruvchilar arxiv materiallari, fotosuratlar, o‘quv qo‘llanmalari, Samarqand maktabi amaliy san’at namunalarini ham ko‘rishi mumkin.

Ko‘rgazma haqida.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Ismolibey G‘aspirali surati va maqolalaridan parcha.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Behbudiyning “Oyina” uchun yozgan maqolasi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Tarjimon” gazetasi fotonusxasi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar