Daryo

Mazali ta’mga ega olchali sharlotka tayyorlab ko‘ring

Shirinlikni bezashda o‘zingiz yoqtirgan mevalardan foydalanishingiz mumkin

1 daqiqa o‘qish17 879 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Bu yumshoq pirog inson organizmiga foydali mahsulotlardan tayyorlanadi va mukammal ta’mga ega. Shirinlikni bezashda o‘zingiz yoqtirgan mevalardan foydalanishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker
Kerakli masalliqlar:
  • sariyog‘ — 1 qoshiq
  • tuxum — 4 dona
  • shakar — 200 g
  • vanilin — 1 qoshiq
  • un — 120 g
  • pishiriq kukuni  — 1 qoshiq 
  • olcha — 300 g (tozalangani)
Tayyorlanishi:
  1. Pechni 180 daraja haroratda oldindan qizdiring va 24-28 sm diametrli dumaloq qolipni sariyog‘ bilan yog‘lang.
  2. Tuxum va shakarni 7-8 daqiqa mikser bilan aralashtiring. Ustiga vanilinni soling va yana aralashtirib oling.
  3. Unni elakdan o‘tkazing va ustiga pishirish kukuni soling. So‘ngra unga 3-4 dona tuxum qo‘shing va asta-sekin aralashtiring.
  4. Tayyor bo‘lgan xamirni qolipga soling va ustiga gilosni terib chiqing. Sharlotkani qizarguncha, 35-45 daqiqa davomida pishiring.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar