Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevropadagi retsessiya xavfi 2020-yil noyabr oyidan beri eng yuqori deb baholanmoqda, kelgusi 12 oy ichida iqtisodiy pasayish ehtimoli 60 foiz. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyida ekspertlar Yevropada retsessiya ehtimolini 45 foizga baholagan bo‘lsa, urushdan oldin fevralda esa bu ko‘rsatkich 20 foizga teng bo‘lgan.

Iqtisodchilar eng yirik Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti — Germaniyada bu chorakda retsessiya boshlanishini taxmin qilmoqda.

Iqtisodiy vaziyatning yomonlashishi, narxlarning oshishi Rossiya elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar va bir qator Yevropa mamlakatlaridagi qurg‘oqchilik bilan sodir bo‘lmoqda.

Bularning barchasi birgalikda Yevropada inflyatsiyaning oshishiga olib kelmoqda.

Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, 2022-yilda inflyatsiya o‘rtacha 8 foiz atrofida bo‘ladi, bu Yevropa Markaziy bankining 4 foizlik chegarani bashorat qilgan ko‘rsatkichidan ikki baravar yuqori.

Avvalroq dunyodagi beqaror vaziyat O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi