Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Pomidor qaylasi qo‘shilgan baqlajonli o‘rama spagetti to‘yimli va foydali taomlardan biri. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • baqlajon — 2 dona
  • o‘simlik yog‘i — ta’bga ko‘ra
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • spagetti — 200-300 g
  • pomidor qaylasi — 350-400 ml
  • pishloq — ta’bga ko‘ra
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:
  1. Baqlajonni uzunligi bo‘ylab ingichka qilib kesib oling.
  2. Baqlajonni folga qog‘oziga soling va ustini yog‘lang. Sabzavotlarni bir qator qilib tering, ozgina tuz qo‘shib yana yog‘lab oling.
  3. Baqlajonni taxminan 10 daqiqa davomida 200 daraja haroratda pishiring. Keyin boshqa tomonini aylantirib va yana 5-10 daqiqa pishiring.
  4. Spagettini 10 daqiqa davomida qaynatib oling. Undagi suyuqlikni to‘kib tashlab biroz pomidor qaylasi qo‘shing va aralashtiring.
  5. Mahsulotlar pishiriladigan idishni yog‘lang va unga pomidor qaylasining yarmini qo‘shing.
  6. Baqlajonning har bir bo‘lagiga spagetti soling va o‘ramalar hosil qiling.
  7. Ularni idishga soling, qolgan pomidor qaylasini ustiga solib folga qog‘ozi bilan o‘rang.
  8. O‘ramalarni taxminan 30 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring. Taomni iste’mol qilishdan oldin ustiga maydalangan pishloq va ko‘katlarni seping.
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi