Daryo

O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlar uchligiga kirdi

Dunyo Markaziy banklari oltin sotib olish bo‘yicha iyun oyida rekord o‘rnatgan — 164,4 tonna. May oyida bu ko‘rsatkich 35 tonnaga teng edi. Aprel oyida esa — 19,4 tonna.

1 daqiqa o‘qish27 596 ko‘rishlar0 izoh0

Butun dunyo bo‘ylab markaziy banklar aprel—iyun oylarida oltin xarid qilishni kuchaytirgan. Ular qatorida O‘zbekiston Markaziy banki ham mavjud. Bu haqda Butunjahon Oltin kengashi (WGC) xabar berdi.

Foto: The Street

Markaziy banklar ushbu 3 oyda global oltin zaxiralarini 180 tonnaga ko‘paytirgan.

Oltin sotib olish bo‘yicha iyun oyida rekord o‘rnatilgan — 164,4 tonna. May oyida bu ko‘rsatkich 35 tonnaga teng edi. Aprel oyida esa — 19,4 tonna.

Aprel—iyun oylarida oltinning asosiy xaridori Iroq bo‘lib, zaxiralarni deyarli 34 tonnaga ko‘paytirdi. Turkiya 26,6 tonna xarid bilan keyingi o‘rinda.

O‘zbekiston Markaziy banki uchinchi o‘rinda — uning oltin zaxiralari 26,44 tonnaga oshgan.

Shuningdek, Qozog‘iston (15,8 tonna) va Hindiston (8,4 tonna) oltin sotib olgan.

1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,5 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham xalqaro tashkilotlar uch oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lgan zaxiralarni saqlashni tavsiya qiladi.

35,4 mlrd dollar hozir O‘zbekistonga 20 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bunday ko‘rsatkich ishonchli hisoblanadi.

Avvalroq O‘zbekiston uch oydan beri oltin sotmayotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar