Daryo

O‘zbekiston uch oydan beri oltin sotmayapti. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?

Mamlakat qimmatbaho metallni oxirgi marta mart oyida eksport qilgan. Aprel, may va iyun oylarida oltin sotilmadi

1 daqiqa o‘qish31 790 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

O‘zbekiston uch oydan beri oltin sotmaydi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat statistika qo‘mitasi  hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: Bloomberg

Mamlakat qimmatbaho metallni oxirgi marta mart oyida eksport qilgan. Aprel, may va iyun oylarida oltin sotilmadi.

Bu qimmatbaho metall bir necha yildan buyon O‘zbekistonning asosiy eksporti bo‘lib kelmoqda. Markaziy bank uni jahon narxlaridan kelib chiqib sotadi.

Mart oyida oltinning bir unsiyasi taxminan 1950 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, aprelda 1900 dollargacha, mayda 1850 dollargacha, iyunda esa 1685 dollarga tushib ketdi. Bunday sharoitda oltin sotish maqsadga muvofiq emas.

Shunga qaramay, oltin, yanvardan maygacha hisoblaganda mamlakatning asosiy eksporti bo‘lib qolmoqda — uning umumiy hajmidagi ulushi 29,9 foizni tashkil etadi.

Shu fonda O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralarida oltin hajmi oshdi — agar mart oyi oxirida 339 tonna bo‘lgan bo‘lsa, iyun oyining oxirida 364 tonnani tashkil etdi.

Avvalroq jahonda oltin narxi tushgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar