Daryo

Toshkentda kunlik energiya iste’moli bo‘yicha tarixiy rekord qayd etildi

O‘zbekiston bo‘yicha joriy yilning 22-iyul kuni eng yuqori energiya iste’moli qayd etilib, 237 million kilovatt-soatni tashkil qildi

1 daqiqa o‘qish26 630 ko‘rishlar0 izoh0

O‘tgan hafta davomida anomal issiq havo harorati sababli tabiiy ravishda elektr energiyasiga bo‘lgan talab eng yuqori iste’molni tashkil qildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston bo‘yicha o‘tgan yoz mavsumida havo haroratining eng yuqori, sutkasida 224 million kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilingan bo‘lsa, joriy yilning 22-iyul kuni eng yuqori iste’mol qayd etilib, 237 million kilovatt-soatni (6 foizga ko‘p) tashkil qildi.

Toshkent shahrida iste’mol tarixiy ko‘rsatkichga yetib, odatda kuz-qish mavsumida yuqori bo‘ladigan iste’moldan ham ortdi. 

Ya’ni, o‘tgan 2021—2022-yillar kuz-qish mavsumida Toshkent shahrida eng yuqori iste’mol 24 million kilovatt-soatni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yil 22-iyul sanasi bu ko‘rsatkich 27,5 million kilovatt-soatga yetdi yoki 15 foizga ko‘proq bo‘ldi.

Iste’molning bunday oshishiga yangi binolarning qurilishi, ishlab chiqarish korxonalarining ishga tushirilishi sabab bo‘lgan. 

Shu bilan bir qatorda ayrim xonadonlarda elektr energiyasining sutkalik iste’moli 1000 kilovatt-soatgachaga yetgani yoki o‘rtacha xonadonning 4-5 oylik elektr energiyasi iste’molini bir kunda iste’mol qilishi ham bu ko‘rsatkichni keskin oshishiga olib kelgan.

Energetika vazirligi havo haroratining issiq kunlarida elektr qurilmalarida yuklamaning ortib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik nosozliklarni oldini olish va elektr energiyasi yetkazib berilishining barqarorligini ta’minlash maqsadida, iste’molchilardan imkon qadar ushbu resursdan tejamkorlik bilan foydalanishlarini eslatib o‘tadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar