Daryo

O‘zbekistonga iyun oyida 1,34 mlrd dollar pul o‘tkazildi

Bu oxirgi yillarning bir oylik pul o‘tkazmalari bo‘yicha rekord hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish57 802 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonga 2022-yil yanvar—iyun oylarida xorijdan 5,66 mlrd dollar pul jo‘natilgan, deb xabar berdi Markaziy bank.

Foto: Markaziy bank

Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 70 foizga (3,32 mlrd dollar) ko‘proqdir.

Yanvar—may oylaridagi ma’lumotlar bilan solishtirilganda, iyunda O‘zbekistonga 1,34 mlrd dollar pul o‘tkazmasi kelib tushgan.

Bu oxirgi yillarning bir oylik pul o‘tkazmalari bo‘yicha rekord hisoblanadi.  May  oyida 1,6 mlrd dollarlik pul o‘tkazilgan edi. 

O‘zbekistondagi pul o‘tkazmalariga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?

Pul o‘tkazmalarining ahamiyati juda katta — ular mahalliy aholini ta’minlaydi va mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlaydi.

Pul o‘tkazmalari hattoki xorijda ishlaydigan hech kimi yo‘qlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

  • Birinchidan, pul o‘tkazmalari tashqi savdodagi salbiy saldoni qisman qoplaydi – O‘zbekiston deyarli doimo sotishdan ko‘ra ko‘proq xarid qiladi. 2021-yilda aholining ikkilamchi daromadlari 21 foizgacha o‘sib, 6,3 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu esa chetdan kirib kelayotgan o‘tkazmalar sabab kuzatilgan natijadir.
  • Ikkinchidan, o‘tkazmalar so‘m kursini qo‘llab-quvvatlaydi. Ular tufayli iyun oyida so‘m bor-yo‘g‘i 0,2 foizga qadrsizlangan – bu so‘nggi yillar ichidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. O‘zbekistonga amalga oshiriladigan pul mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, bozordagi chet el valyutasi taklifi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. O‘tgan yilda mazkur taklif 1,6 martaga o‘sgan edi.

Shunday qilib, migrantlarning pul o‘tkazmalari aholining to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini, tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni, iqtisodiy o‘sishni bevosita ta’minlaydi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar