Daryo

Dollar va yevroning qiymati 20 yil ichida ilk bor tenglashdi

Mutaxassislarning aytishicha, yaqin kelajakda AQSH valyutasi qiymati bo‘yicha yevrodan o‘tib ketadi

1 daqiqa o‘qish49 628 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

2002-yildan beri birinchi marta dollar yevro qiymatiga tenglashdi. Ayni paytda 1 dollar 1 yevro bo‘lib turibdi.

Foto: Bloomberg

Uzoq vaqt davomida Amerika va Yevropa valyutalari o‘rtasidagi tafovut anchagina katta edi.  

Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga halokatli zarba berdi.

Buning oqibatida Yevropa valyutasi dollarga nisbatan doimiy ravishda pasayib bormoqda. 

Fevral oyida 1 yevro 1,15 dollarga baholangani hisobga olinsa, yevroning pasayish spirali keskin va shafqatsiz tus oldi.

Mutaxassislarning aytishicha, yaqin kelajakda AQSH valyutasi yevrodan qiymati bo‘yicha o‘tib ketadi.

O‘zbekistonda 13-iyul holatiga ko‘ra 1 dollar 10 920 so‘mga, 1 yevro esa 11 052 so‘mga baholanmoqda.

Dunyo bo‘yicha yevroning pasayishi fonida O‘zbekistonda ham dollar va yevroning qiymati tenglashishi kutilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar