Daryo

O‘zbekistonda qaysi soha vakillari eng ko‘p maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p maoshli mutaxassislik konsultatsiya sohasi bo‘lib, unda maksimal darajadagi oylik ish haqi 49 mln so‘mga teng bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish77 522 ko‘rishlar0 izoh0

2022-yil iyun holatiga ko‘ra eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar ro‘yxati ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga “hh.uz” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eng ko‘p maoshli mutaxassislik konsultatsiya sohasi bo‘lib, unda maksimal darajadagi oylik ish haqi 49 mln so‘mga teng bo‘lgan.

2022-yil iyunda avtomobil biznesi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar eng ko‘p o‘rtacha ish haqi olgan — 11,7 mln. Mahalliy xodimlar esa 2,4 mln bilan eng kam o‘rtacha ish haqiga ega.

Turli sohalarda o‘rtacha oylik ish haqi:

  • Oliy menejment — 11,6 mln;
  • Konsalting — 10,4 mln;
  • Axborot texnologiyalari — 9,5 mln;
  • Transport, logistika — 8,5 mln;
  • Advokatlar — 7,6 mln;
  • Banklar, investitsiyalar, lizing — 7,5 mln;
  • Sug‘urta — 7,2 mln;
  • Ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi — 7,1 mln;
  • Tibbiyot, farmatsevtika — 6,8 mln;
  • Qurilish, ko‘chmas mulk — 6,4 mln;
  • Buxgalteriya hisobi va moliya — 5,9 mln;
  • Xodimlarni boshqarish, treninglar — 5,9 mln;
  • Fan, ta’lim — 5,7 mln;
  • Marketing, reklama, PR — 5,5 mln;
  • Savdo — 5,4 mln;
  • San’at, ko‘ngilochar, ommaviy axborot vositalari — 5,2 mln;
  • O‘rnatish va xizmat ko‘rsatish — 5,1 mln;
  • Ishchi xodimlar — 4,7 mln;
  • Turizm, mehmonxonalar, restoranlar — 4,3 mln;
  • Sport klublari, go‘zallik salonlari — 3,8 mln;
  • Ma’muriy xodimlar — 3,5 mln;
  • Xomashyo qazib olish — 3 mln;
  • Xavfsizlik — 2,5 mln;
  • Mahalliy xodimlar — 2,4 mln.

Avvalroq O‘zbekistondagi omonatlar haqida asosiy ma’lumotlar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar