Daryo

Rasman: Romelu Lukaku “Inter”ga qaytdi

Belgiyalik hujumchi “nerazzurilar” safida ijara asosida harakat qiladi

1 daqiqa o‘qish44 688 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Inter”

“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku “Inter”ga qaytdi. Bu haqida londonliklar rasmiy sayti ma’lum qildi.

Foto: “Inter”

Milanliklar 29 yoshli hujumchini ijaraga oldi. “Aristokratlar” belgiyalikning ijarasidan 8 million yevro oladi, “Inter”da sotib olish huquqi mavjud bo‘lmaydi.

Italiya klubiga o‘tish uchun Lukaku maoshi 30% qisqarishiga rozi bo‘ldi.

Romelu 2019-yildan 2021-yilga qadar “Inter” sharafini himoya qilgan. 2021-yil yozida “Chelsi” hujumchini 115 million yevroga xarid qilgan.

29 yoshli hujumchi 2021/22-yilgi mavsum “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda ishtirok etib, 15 ta golga mualliflik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar