Daryo

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan ko‘proq pul o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Joriy yilda MDH davlatlaridan 1 mlrd dollarlik shaxsiy transfertlar kelib tushgan

1 daqiqa o‘qish47 394 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonga 2022-yilning birinchi choragida 1,46 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy bank hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Joriy yilda MDH davlatlaridan 1 mlrd dollarlik shaxsiy transfertlar kelib tushgan. Bunda eng ko‘p ko‘rsatkich Rossiya va Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri keladi — mos ravishda 969,4 mln dollar va 93,7 mln dollar. 

Ukrainadan pul o‘tkazmalari 600 ming dollarga qisqarib 3,5 mln dollarga tushdi. 

Qolgan mamlakatlar orasida eng ko‘p AQSHdan shaxsiy transfertlar kelib tushmoqda — 116,7 mln dollar. Bundan tashqari Koreyadan 66,5 mln, Turkiyadan 48,7 mln dollarlik pul o‘tkazilgan.  

O‘zbekistonga va O‘zbekistondan o‘tkazilgan shaxsiy transfertlar farqi — 1 mlrd dollar.

Avvalroq O‘zbekistonda kompaniyalarga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar keskin kamaygani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar