Daryo

Rossiyada oltin raqamli shaklda quyilishi rejalashtirilmoqda

Kelgusi yildan banklarda saqlanayotgan oltin quymalari uchun “raqamli sertifikatlar” savdosi boshlanishi mumkin

1 daqiqa o‘qish28 866 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Sankt-Peterburg valyuta birjasi (SPVB) raqamli shaklda oltin muomalasini joriy qilmoqchi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Kelgusi yildan banklarda saqlanayotgan oltin quymalari uchun “raqamli sertifikatlar” savdosi boshlanishi mumkin.

SPVBda oltinning raqamli shaklda aylanishi 2023-yilda boshlanishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, oltin quyma maxsus raqamli platformada ro‘yxatga olinadi va “raqamli sertifikatlar”ga aylanadi.

Bu orqali oltinni saqlash xarajatlarini ko‘tarish, unga egalik huquqini tasdiqlash shart bo‘lmay qoladi, agar investor xohlasa, o‘z qo‘liga quyma olishi mumkin bo‘ladi.

Rossiyada oltin savdosi Moskva birjasida amalga oshiriladi, ammo investorlar metallni o‘lchangan quyma shaklida faqat vakolatli banklardan biri orqali juda murakkab protsedura bo‘yicha olishi mumkin.

Oltin uchun “raqamli sertifikat” o‘z egasiga sotib olingan sanada oltin qiymatini olish huquqini beradigan bo‘lsa, raqamli moliyaviy aktiv sifatida tasniflanishi mumkin, — dedi Alumni Partners Commercial Practice kompaniyasining katta xodimi Inna Neminushchaya.

Otkritie Investments kompaniyasining tovar bozorlari bo‘yicha tahlilchisi Oksana Lukichevaning ta’kidlashicha,uning mavjud birja savdosidan yagona farqi — bu ma’lum bir oltin quymasini raqamli platformada ro‘yxatdan o‘tkazishdir.

Aslini olganda, bu loyiha ma’lum bir fizik metall quymasini virtual shaklda sotadi, bunda banklar o‘rtasida oltin o‘tkazilmaydi.

Avvalroq YI Rossiya oltiniga qarshi sanksiyalar joriy qilish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar