Daryo

O‘zbekiston banklarida iyun oyida avtokreditlar bo‘yicha vaziyat qanday?

Banklarda avtokredit uchun boshlang‘ich to‘lov 0 foizdan boshlanmoqda

2 daqiqa o‘qish32 134 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hozirgi kunda O‘zbekistondagi 33 ta bankdan 21 tasi avtokreditlar taklif qilmoqda. Ularda kreditning yillik foiz stavkalari 21 foizdan 29 foizgacha bo‘lmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foiz stavkalari avvalgi oylarga qaraganda balandroq bo‘lmoqda. Hozirda hech qaysi bankda 20 foizdan pastroq avtokreditlar berilmayapti. 

Maqolani tayyorlashda Markaziy bankning “Bank xizmatlari” saytidagi ma’lumotlardan foydalanilgan.

Foiz stavkalari bo‘yicha 

Eng past foiz stavkasini “Asakabank” va “O‘zsanoatqurilishbank” taklif qilmoqda — 21 foiz. “Asakabank”da 21 foizlik kreditning muddati 36 oygacha, “O‘zsanoatqurilshbank”da esa 12 oy.

Har ikkala bankda ham past kredit foiz stavkalaridan foydalanish uchun boshlang‘ich badal kamida 50 foiz bo‘lishi kerak. 

22 foizlik avtokreditni bir yo‘la 7 ta bank taqdim qilmoqda:

  • “Milliy bank”
  • “Orient Finance Bank”
  • “Poytaxtbank”
  • “Ipak yo‘li bank” (21,9)
  • Ziraat bank
  • “Trastbank”

Eng yuqori foiz stavkali avtokredit “Ravnaqbank”da bo‘lmoqda — 29 foiz. 

Boshlang‘ich to‘lov bo‘yicha

Boshlang‘ich badal to‘lovi eng kam bo‘lgan avtokredit “Ipak yo‘li bank”da — 0 foiz. “Aloqabank” esa avtomobilning 10 foiz boshlang‘ich to‘lovi to‘lanish sharti bilan kredit taklif qilmoqda. 

 “Turonbank” va “Tengebank”da bunday kreditlar 20 foizdan kam bo‘lmagan to‘lov amalga oshirilgandan keyin berilmoqda.

Muddati bo‘yicha 

Avtokredit muddati bo‘yicha eng uzoq taklif 5 yil yoki 60 oygacha bo‘lmoqda. Bular quyidagi banklar:

  • “Asakabank” — 21 foiz;
  • “Milliybank” — 22-26 foiz;
  • “Ipak yo‘li bank” — 25,9-26,9 foiz.

Imtiyoz davri bo‘yicha

Ayrim banklar tomonidan kredit uchun imtiyozli davr ham berilmoqda. Bunda eng uzoq muddat — 6 oy. Quyidagi banklar 6 oylik imtiyozli avtokreditlarni taklif qilmoqda:

  • “InFinbank” — 26,99 foiz;
  • “Milliybank” — 22-26 foiz;
  • “O‘zsanoatqurilishbank” — 21-25 foiz.

Miqdori bo‘yicha 

“Ravnaqbank”da avtokreditlar miqdori cheklovlarsiz bo‘lmoqda. Foiz stavkasi — 26-29 foiz.

“Infinbank” va “Davrbank”da avtomobil sotib olish uchun kreditning maksimal miqdori 1 mlrd so‘m etib belgilangan. 

Ikkilamchi bozor uchun kreditlar

Eski avtomobillarni sotib olish uchun ham kredit berilmoqda. Bu turdagi avtokreditlar hozirda 7 ta bankda mavjud:

  • “Hamkorbank” — 25 foiz;
  • “InFinbank” — 26,99 foiz;
  • “Tengebank” — 25,9-26,9 foiz;
  • “Kapitalbank” — 25 foiz;
  • “Turonbank” — 26-27 foiz;
  • “Davrbank” — 26 foiz;
  • “Ipotekabank” — 26 foiz, 

Bundan tashqari “Asia Alliance Bank” Kia avtomobillari uchun yillik 6,5 foizdan avtokredit taklif qilmoqda. Bunda kreditning boshlang‘ich to‘lovi 50 foiz bo‘lishi kerak.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar