Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

USDA tahlilchilariga ko‘ra, 2022—2023-yillarda O‘zbekistonda ichki bug‘doy iste’moli hajmi 8,5 mln tonnaga yetishi mumkin. Bu haqda “Apk Inform” xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Bu avvalgi mavsumga nisbatan deyarli 1 foiz yuqori va Markaziy Osiyoda bug‘doyning asosiy iste’molchilari orasida eng katta ko‘rsatkichdir.

Xususan, O‘zbekistonda 2022—2023-yillarda mahalliy bug‘doy iste’molining prognoz qilingan hajmi Afg‘oniston uchun shu davrga nisbatan qariyb 8 foizga yuqori bo‘lib, ichki don iste’moli 7,9 mln tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

Shuningdek, yangi mavsumda O‘zbekiston bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichi Qozog‘istonning ichki iste’moli (6,2 mln tonna)dan deyarli 37 foizga yuqori. Qozog‘iston an’anaviy ravishda ham bug‘doy, ham bug‘doy unini eksport qiluvchi davlat hisoblanadi.

2022—2023-yillarda Qozog‘istondan bug‘doy va un eksporti don ekvivalentida 8,0 mln tonnaga yetishi mumkin, O‘zbekistondan eksport prognozi esa atigi 1,5 mln tonnani tashkil etadi.

Shunga ko‘ra, agar keyingi mavsumda O‘zbekiston va Afg‘oniston g‘alla yetishtirish rejalashtirilgan bug‘doy iste’molining 78 va 57 foizini ta’minlay olsa, Qozog‘istonda ichki iste’mol kutilayotgan yalpi g‘alla hosilining atigi 48 foizini tashkil qiladi.

Avvalroq Ukrainadan boshqa davlatlarda ham g‘alla yig‘im-terimi tahdid ostida qolgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi