Daryo

Rossiyalik ayol O‘zbekistonga 10 kunlik sayohati xarajatlari haqida ma’lumot berdi

Butun sayohat unga 123 ming rubl (taxminan 23,2 mln so‘m)ga tushgan

1 daqiqa o‘qish62 654 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rossiyalik sayyoh 2022-yil aprel oyida O‘zbekistonga 10 kunlik sayohat qilib, ta’til unga qanchaga tushgani haqida “Kamera bilan sayohat” blogida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Butun sayohat unga 123 ming rubl (taxminan 23,2 mln so‘m)ga tushgan. U Moskvadan Urganchga va Samarqanddan Moskvaga parvozlari uchun 27 ming rubl (5,1 mln so‘m) to‘lagan.

Rossiyalik ayol sayohatni o‘zi rejalashtirmaslikka qaror qilib, 89 ming rubl (16,8 mln so‘m)ga fototur sotib olgan. Bu pul ichiga mehmonxonada yashash, nonushta, bir nechta tushlik, mamlakat bo‘ylab sayohat, ekskursiyalar va muzeylarga chiptalar kiradi.

Dasturga uchta shaharga: Urganch, Buxoro va Samarqandga sayohatlar kiritilgan.

Hammasi cho‘lning qayeridadir adashib qolgandek ko‘ringan Xivaga sayohatimdan boshlandi. Yakun Samarqandda bo‘lib o‘tdi, u yerdagi arxitekturaning ulug‘vorligi tom ma’noda kishini hayratga soladi, — dedi bloger.

Bundan tashqari, sayyoh mahalliy restoranlardagi juda past narxlardan hayratda qolgan. Masalan, Samarqanddagi restoranda eng qimmat taom 700 rubl bo‘lgan (132 ming atrofida).

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar