Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oxirgi ikki oyda O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmining tez sur’atlar bilan o‘sishi kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Bu, asosan, aholi tomonidan pul o‘tkazmalari va bir martalik ijtimoiy yordam pullarini may oyida to‘lanishi bilan izohlanadi, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Xususan, so‘nggi besh oyda banklar tomonidan aholidan chet el valyutasini sotib olish va uni aholiga sotish o‘rtasidagi ijobiy tafovut 1,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank, shuningdek, bahor oxirida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi keskin oshganini ta’kidladi — agar ilgari bu ko‘rsatkich oyiga 500 million dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, aprel-may oylarida 1,3 milliard dollarni tashkil qilgan.

Avvalroq Markaziy bank O‘zbekistonda dollar kursi bilan bog‘liq vaziyatni tushuntirgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?