Daryo

Bodring har kun iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Bu sabzavotni nafaqat iste’mol qilish, balki patch sifatida ham ishlatish mumkin

1 daqiqa o‘qish88 492 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Legion Media

Tashqarida havo qanchalik issiq bo‘lsa, tushlik uchun yengil va yangi narsalarni, masalan, bodringli salatni xohlaysiz. Bu yozgacha vazn yo‘qotishga harakat qilayotgan diyetada bo‘lganlar uchun ajoyib sabzavot, chunki uning 100 grammda atigi 16 kilokaloriya mavjud. Ushbu mahsulot har kuni iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Organizmdagi suv balansi me’yorlashadi

Foto: Legion Media

Bodring taxminan 95 foiz suvdan iborat, shuning uchun u tanadagi namlikning umumiy darajasini yaxshilaydi va chanqoqlik hissini yo‘q qiladi.

Oshqozon-ichak muammolari haqida unutasiz

Bodring kletchatkaga boy bo‘lib, ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ich qotishi va boshqa muammolarining oldini oladi.

Ozish uchun ajoyib tanlov

Bu sabzavot tarkibida juda ko‘p ozuqa moddalari bo‘lishiga qaramay, kaloriyasi juda past. Xuddi shu kletchatkalar to‘yinganlik hissini saqlab turadi va ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi. Kechasi qorningiz ochganida sendvich o‘rniga bodringni yeng. Shu tarzda vazningizni nazorat qilishingiz mumkin.

Foto: Legion Media

Teri holatini yaxshilaydi

Bodringda sink, kaliy, B, C vitaminlari va yuz terisiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan hamda qarish belgilariga qarshi kurashadigan boshqa oziq moddalar mavjud. Bu sabzavotni nafaqat iste'mol qilish, balki patch sifatida ham ishlatish mumkin.

“Har kuni bodring iste’mol qilish yaxshi, chunki u asosan suvdan iborat. Agar ko‘proq yesangiz ham, tanaga zarar keltirmaydi. Aksincha, qomatingizni saqlashga va ratsioningizdan keraksiz ovqatlarni yo‘q qilishga yordam beradi”, — deydi diyetolog Manisha Chopra. Mavzuga doir:

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar