Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 2021-yil mart oyi boshida aholini ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shunday qilib, 2021-yildan boshlab ipoteka kreditlari bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr joriy etildi, shaharlarda esa dastlabki to‘lov 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi.

Ishlab chiquvchilarga pandemiya davrida taqdim etilgan imtiyozlar uzaytirildi.

Endilikda daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar ipoteka krediti uchun subsidiya olishlari mumkin.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan bu bo‘yicha kelib tushgan arizalar to‘g‘risida 2022-yilning 11-may holatiga ma’lumot taqdim etildi.

Umumiy holatda 29 mingta subsidiya ajratilishi rejaga kiritilgan bo‘lib, hozirga qadar subsidiya uchun topshirilgan arizalar soni 85 820 ta. Ulardan 4 329 tasi mas’ul tashkilotlarda ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, 8 304 tasi maxsus komissiya tomonidan o‘rganilyapti.

Bugungi kunga qadar arizalardan 49 623 tasi rad etilgan. Umumiy arizalarning 81 foizi — 23 564 tasi uchun ijobiy qaror qabul qilingan. Ulardan 22 114 tasi yangi uy-joy sotib olish uchun, 1 450 tasi uy-joy ta’mirlash uchun ajratilgan.

Avvalroq Ipoteka kreditlariga asosiy stavka o‘zgarishining ta’siri haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi