Daryo

“Aeroflot” Moskvadan Toshkentga muntazam parvozlarni tikladi

May oyining oxiri uchun Toshkentdan uchish uchun chiptalar narxi 14 ming rubldan (2,34 mln so‘m), Moskvadan – 10 300 rubldan (1,72 mln so‘m) turadi

1 daqiqa o‘qish40 936 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Voyages Afriq

“Aeroflot” Moskvadan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni tikladi. Bu haqda kompaniya bayonotida ma’lum qilingan.

Foto: Voyages Afriq

Kunlik reyslar keng fuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi, chunki Yevropa Ittifoqi ularni ijaraga olish uchun sanksiyalarni yumshatgan.

Parvozlar 20-maydan boshlanadi va har kuni amalga oshiriladi.

May oyining oxiri uchun Toshkentdan uchish uchun chiptalar narxi 14 ming rubldan (2,34 mln so‘m), Moskvadan – 10 300 rubldan (1,72 mln so‘m) turadi.

“Aeroflot”ning Moskvadan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslari yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan 21-maydan boshlab “Rossiya” aviakompaniyasi tomonidan Sochidan Toshkentga parvozlar bekor qilinadi. Yo‘lovchilar Moskvadan reyslarga qayta bron qilinadi.

“Rossiya” mart oyi oxirida Sochidan Toshkent va boshqa shaharlarga parvozlar boshlanganini e’lon qilgan edi – ular Rossiyada ishlab chiqarilgan SSJ 100 samolyotlarida amalga oshirilgan.

Yaqinda bu aviakompaniya Moskvadan Samarqand, Buxoro va Urganchga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Avvalroq Termizdan Sankt-Peterburgga muntazam aviaqatnovlar tiklanishi haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar