Daryo

Kredit bo‘yicha foiz stavkalari nega pasaygani ma’lum bo‘ldi

Asosiy stavkaning o‘zgarish ta’siri iqtisodiyotdagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ma’lum muddat kechikish bilan ta’sir etadi

1 daqiqa o‘qish36 192 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markaziy bank kredit bo‘yicha foiz stavkalari nimalar bilan bog‘liq ekanligini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari quyidagicha shakllanadi:

  • foiz stavkalar omonatlari bo‘yicha shakllangan foizlar;
  • banklar tomonidan mijozga nisbatan o‘rnatiladigan risk uchun mukofot;
  • banklarning kutilmalari;
  • pul-kredit sharoitlari va boshqalar.

Mart oyida jami milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalar 20,8 foizni, jismoniy shaxslar bo‘yicha 21,8 foizni hamda tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha 20,2 foizni tashkil etdi.

Bunda, tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari fevral oyidagiga nisbatan 1,1 foiz bandga pasayishi kuzatildi. 

Mazkur holat tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha shartnomalarning qariyb 80 foizi Markaziy bank asosiy stavkasi o‘zgargunga qadar imzolanganligi bilan izohlanadi.

Joriy yilning mart oyida banklar tomonidan milliy valyutada jami 11,1 trln so‘m, shundan tadbirkorlik subyektlariga 4,2 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.

Markaziy bank asosiy stavkasining o‘zgarishi ta’siri iqtisodiyotdagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ma’lum muddat kechikish bilan ta’sir etadi.

Avvalroq O‘zbekistonda 2022-yil aprel oyi uchun eng foydali iste’mol kreditlari ma’lum bo‘lgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar