Daryo

2022-yil boshidan buyon 6,5 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan

2021-yilda 31,9 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan

1 daqiqa o‘qish20 682 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: RIA Novosti / Nina Zotina

2022-yilning birinchi choragida 141,5 mingga yaqin xorijlik Rossiya fuqaroligini oldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Shulardan 137,7 ming kishi — sobiq SSSR respublikalari fuqarolari:

  • Ukraina - 39,6%;
  • Tojikiston – 23,9%;
  • Qozog‘iston - 8%;
  • Armaniston - 7,9%;
  • O‘zbekiston – 4,7%;
  • Ozarbayjon - 4,5%;
  • Qirg‘iziston – 3,6%;
  • Belarus - 3,1%;
  • Moldova - 3%.

2021-yilda 31,9 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan.

Avalroq chet davlat fuqaroligini olgani haqida xabar bermagan O‘zbekiston fuqarolariga javobgarlik belgilanishi haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar