Daryo

O‘zbekistonda ish boshlamoqchi bo‘lgan “Alfa Bank” rejalarini o‘zgartirdi

AQSH 6-aprel kuni Rossiyaning “Sberbank”, “Alfa Bank” va ularning sho‘ba bo‘limlariga qarshi bloklovchi sanksiyalar joriy qildi

1 daqiqa o‘qish2 355 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Forbes.kz

“Alfa Bank Qozog‘iston” sanksiyalar tufayli yangi egasini qidira boshladi. Bu haqda bank boshqaruvchi direktori Andrey Timchenko ma’lum qildi.

Foto: “Forbes.kz”

AQSh 6-aprel kuni Rossiyaning “Sberbank”, “Alfa Bank” va ularning sho‘ba bo‘limlariga qarshi bloklovchi sanksiyalar joriy qildi. Ular tufayli Qozog‘iston banki dollar va yevroda operatsiyalarni amalga oshira olmaydi, mijozlar boshqa banklarning terminallarida kartalardan foydalana olmaydi.

Shu bois bank hozir 100 milliard tenge (taxminan 220 million dollar)lik kredit portfelini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Timchenko kelishuv yaqin bir necha hafta ichida yakunlanishini taxmin qilmoqda.

“Alfa Bank”ning O‘zbekiston bo‘yicha rejalari bor edi

2021-yil oxirida “Alfa Bank”ning O‘zbekiston bozorida rejalari borligi haqida ma’lum bo‘ldi. Kompaniya vakillari Toshkentga bir necha bor tashrif buyurib, O‘zbekistonda muvaffaqiyatli raqamli biznesni qurish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, degan qarorga kelishgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar