Daryo

Rossiyada “Kama” velosipedlarini ishlab chiqarish qayta tiklanishi mumkin

“Kama” velosipedlari 1970-yillardan 90-yillarga qadar Rossiyaning “Velta” zavodida ishlab chiqarilgan. Velosipedning yangi versiyasi takomillashtirilishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish51 131 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: iStock

Rossiyaning “Forvard” zavodi “Kama” velosipedlarini ishlab chiqarishni qayta tiklamoqchi. Bu haqda “Rossiya Perm” xabar bermoqda.

Foto: iStock

Hozir zavodda sakkizta markadagi velosipedlar ishlab chiqarilmoqda. Bu kattalar, o‘smirlar va bolalar uchun tog‘ va shahar velosipedlari. O‘tgan yili ishlab chiqarish elektr velosipedlar bilan kengaytirildi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, keyingi ikki yil ichida rivojlanish drayverlaridan biri afsonaviy “Kama”ni qayta tiklash rejalari bo‘lishi mumkin.

Bu zamonaviy, texnologik va hamyonbop velosiped bo‘ladi, — dedi kompaniyaning tijorat direktori Aleksey Boyarshinov.

“Kama” velosipedlari 1970-yillardan 90-yillarga qadar Rossiyaning “Velta” zavodida ishlab chiqarilgan. Velosipedning yangi versiyasi takomillashtirilishi kutilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar