Daryo

O‘zbekistonda Uzcard-MIR kartalarini qayerda ochish mumkin va u nimaga kerak? 

Bu ikkita turli xil — mahalliy Uzcard va Rossiyaning “MIR” to‘lov tizimida ishlovchi kartalardir. O‘zbekistonda tranzaksiyalar so‘mda, Rossiyada esa rublda amalga oshiriladi

1 daqiqa o‘qish48 005 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Uzcard

Uzcard-MIR kobeyj kartasini beshta bankda ochtirish mumkin. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzcard

Bular:

  • “Aloqabank”
  • “Xalq banki”
  • “Qishloq qurilish bank”
  • “Turonbank”
  • “Mikrokreditbank”

Uzcard-MIR bu ikkita turli xil — mahalliy Uzcard va Rossiyaning “MIR” to‘lov tizimida ishlovchi kartalardir. 

O‘zbekistonda tranzaksiyalar so‘mda, Rossiyada esa rublda amalga oshiriladi. Chet el valyutasida qo‘shimcha hisob ochtirishning hojati yo‘q.

O‘zbekistonda ushbu kartalar yordamida terminallarda to‘lash va bankomatlardan pul yechish, mablag‘larni kartadan kartaga o‘tkazish, QR-kod orqali to‘lov qilish va onlayn xaridlarni amalga oshirish mumkin. 

O‘zbekistondan tashqarida Uzcard-MIR kartalari Rossiya, Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Janubiy Osetiya, Abxaziya, Turkiya, Vyetnamda qabul qilinadi.

Avvalroq Uzcard-MIR kartalari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘llaridan biri ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar