Daryo

APL. “Chelsi” safarda autsayder ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish39 840 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 5-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Chelsi” “Byornli” mehmoni bo‘ldi. 47-daqiqada Ris Jeyms hisobni ochdi. 53 va 55-daqiqalarda Kay Haverts 2 ta gol urdi va dublni rasmiylashtirdi. 69-daqiqada Kristian Pulishich hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “aristokratlar” ochkolari sonini 53 taga yetkazdi, jamoa uchinchi o‘rinda bormoqda. “Byornli” esa 21 ochko bilan 18-pog‘onadan joy olgan.

APL

28-tur bahslari

5-mart, shanba

“Byornli” – “Chelsi” 0:4

Gollar: 0:1 – 47 Jeyms, 0:2 – 52 Haverts, 0:3 – 55 Haverts, 0:4 – 69 Pulishich.

“Byornli”: Poup, Roberts, Tarkovski, Kollinz, Teylor, Lennon, Vestvud, Braunhill, Rodriges (Korne, 63), Vegorst (Barns, 78), Maknil.

“Chelsi”: Mendi, Jeyms (Kovachich, 70), Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Saul, Jorjinyo, Kante (Loftus-Chik, 70), Pulishich, Maunt (Verner, 78), Haverts.

Ogohlantirishlar: Barns (84), Vestvud (89).

“Lester” – “Lids” 1:0

Gol: 1:0 – 67 Barns.

“Aston Villa” – “Sauthempton” 4:0

Gollar: 1:0 – 9 Uotkins, 2:0 – 44 Duglas Luis, 3:0 – 52 Koutinyo, 4:0 – 54 Ings.

“Vulverhempton” – “Kristal Pelas” 0:2

Gollar: 0:1 – 19 Mateta, 0:2 – 34 Zaa (penalti).

“Norvich” – “Brentford” 1:3

Gollar: 0:1 – 32 Touni, 0:2 – 52 Touni (penalti), 0:3 – 58 Touni (penalti), 1:3 — 90+2 Pukki.

“Nyukasl” – “Brayton” 2:1

Gollar: 1:0 – 12 Freyzer, 2:0 – 14 Sher, 2:1 – 55 Dank.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar