Daryo

Rublning so‘mga nisbatan qiymati ikki yil ichida eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi

2020-yilning mart oyida rubl kursi 120 so‘mni tashkil qilgan edi

1 daqiqa o‘qish79 750 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Dreamstime

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. 

Foto: Dreamstime

Unga ko‘ra, rublning rasmiy kursi 7,71 so‘mga pastlab 128,70 so‘mga tushdi. Bu so‘nggi ikki yil ichida eng past ko‘rsatkich bo‘ldi — 2020-yilning mart oyida rubl kursi 120 so‘mni tashkil qilgan edi.

So‘nggi uch kun ichida rublning so‘mga bo‘lgan qiymati 10 foizga pastladi. 21-fevral kuni rubl kursi 143,12 so‘m edi.

Avvalroq yevroning qiymati 101 rublga, dollarniki esa 90 rublga yaqinlashgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar