Daryo

O‘zbekistonliklar 2022-yilni katta hajmda chet el valyutasi sotib olishdan boshladi  

Bu holat O‘zbekiston valyuta bozori uchun g‘ayrioddiy — odatda yil boshida aholi dollar sotib olmaydi, balki sotadi

1 daqiqa o‘qish1 698 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yilning yanvar oyida o‘zbekistonliklar 613,5 mln dollarlik chet el valyutasini banklardan xarid qilgan. Bu Markaziy bank statistikasidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu oyidan 61 foizga ko‘proq bo‘ldi — o‘shanda u 381,9 mln dollarni tashkil qilgan edi.

Aholi tomonidan sotilgan chet el valyutalari bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan bor-yo‘g‘i 11 foizga oshib,  464,2 mln dollarni tashkil qildi. 

Hozirgi holat O‘zbekiston valyuta bozori uchun g‘ayrioddiy — odatda yil boshida aholi dollar sotib olmaydi, balki sotadi – 2020 va 2021-yillarda ham shunday bo‘lgan edi. Ushbu holat mavsumiylik bilan izohlanаdi — fevralda qishloq xo‘jaligi va boshqa faoliyat turlari faollashgani bois yirik xarajatlar boshlanadi.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar oyidagi ko‘rsatkichlar 2021-yildagi oylarga nisbatan balandroq bo‘ldi (o‘tgan yil aholi tomonidan eng ko‘p — 553 mln dollar chet el valyutasi xarid qilingan davr dekabr oyiga to‘g‘ri kelmoqda).

Avvalroq O‘zbekistonda raqamli valyuta yaratilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar