Daryo

Ilon Mask qariyb 6 mlrd dollarlik Tesla aksiyalarini xayriya qilgan — Bloomberg

Maskning xayriya uchun sarflangan ushbu pullari AQSh tarixidagi eng katta soliq to‘lovini kamaytirishga yordam berdi

1 daqiqa o‘qish31 295 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Ilon Mask noyabr oyida Tesla kompaniyasining 5,7 mlrd dollarlik aksiyalarini xayriya qilgan. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha kompaniya komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, dunyoning eng boy odami 19-noyabrdan 29-noyabrgacha elektromobil ishlab chiqaruvchi korxonaning 5 milliondan ortiq aksiyalarini xayriya qilgan.

Aksiyalarning qiymati taxminan 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tarixdagi eng katta xayriyalardan biriga aylandi. Hujjatlarda xayriya tashkilotining nomi ko‘rsatilmagan.

Maskning xayriya uchun sarflangan ushbu pullari AQSh tarixidagi eng katta soliq to‘lovini kamaytirishga yordam berdi.

2021-yilning boshida Ilon Mask dunyodagi eng boy odamga aylangan edi. 

Avvalroq Tesla kompaniyasi 2021-yilda qariyb bir million dona elektromobil sotgani xabar qilingan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar