Daryo

Ukraina Rossiyadan chegaradagi harbiy faollik yuzasidan rasman tushuntirish so‘radi

Ukraina TIV rahbarining aytishicha, Rossiyaning ixtiyorida ushbu so‘rovga javob qaytarish uchun 48 soat vaqt bor

1 daqiqa o‘qish78 524 ko‘rishlar0 izoh0
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Foto: Getty Images

Ukraina Vena kelishuvida ko‘zda tutilgan bo‘limga ko‘ra, xavfni kamaytirish mexanizmini qo‘lladi. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kulebaga tayanib, “Interfaks” xabar qilgan.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy KulebaFoto: Getty Images

“Rossiya Federatsiyasiga Ukraina bilan chegara hududlaridagi harbiy faoliyat yuzasidan tushuntirishlar berishni so‘rab murojaat qildik”, — deb yozgan Kuleba Twitter’da.

“Vena kelishuvida belgilangan tartibga ko‘ra, Rossiya harbiy faoliyat boshlangan hududlar haqida aniq ma’lumotlarni taqdim etishi, uning tugash sanasidan ogohlantirishi, shuningdek, mashg‘ulot nomi, harbiy guruhlar va askarlar sonini oshkor qilishi; jalb qilingan harbiy qurollar va texnika turlari haqida axborot berishi kerak", — degan Ukraina tashqi ishlar vaziri.

Kulebaning aytishicha, Rossiyaning ixtiyorida ushbu so‘rovga javob qaytarish uchun 48 soat vaqt bor.

“So‘rovga javob qaytarilmasa yoki yetarli darajada zarur axborotlar berilmasa, Ukraina Rossiya va Vena shartnomasiga a’zo boshqa mamlakatlarga favqulodda uchrashuv o‘tkazish yuzasidan murojaat qiladi, tadbirda Rossiya bu borada tushuntirish berishi zarur. Ukrainada xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha diplomatik imkoniyatlardan foydalanishda davom etamiz”, — deya qayd etgan Ukraina TIV rahbari.

Avval Baydenning amerikaliklarni zudlik bilan Ukrainani tark etishga chaqirgani, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Ukraina—Rossiya urushi falokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirgani haqida xabarlar berilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar