Daryo

O‘zbekistonda ipoteka uylarining o‘rtacha narxlari e’lon qilindi

O‘rtacha eng past narxga ega xonadonlar Xorazmga tegishli bo‘lib qolmoqda — 218,6 mln so‘m

1 daqiqa o‘qish67 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: "Daryo"/ Madina Nurman

O‘zbekistonda 2021-yilda ajratilgan ipoteka kreditlari asosida uylarning hududlar bo‘yicha o‘rtacha narxlari tahlil qilindi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Unga ko‘ra xonadonlarning o‘rtacha eng baland narxi Toshkent shahrida — 381,9 mln so‘m. Andijon (280,1 mln so‘m), Samarqand (275,3 mln so‘m) va Surxondaryo (274,3 mln so‘m) viloyatlarida ham ipoteka uylarining narxi biroz balandroq.

O‘rtacha eng past narxga ega xonadonlar Xorazmga tegishli bo‘lib qolmoqda — 218,6 mln so‘m.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi (226,4 mln so‘m), Qashqadaryo (227,3 mln so‘m) va Buxoro (229,1 mln so‘m) viloyatlarida ham ipoteka uylarining narxi nisbatan pastroq.

Foto: Markaziy bank

Qayerda ipoteka kreditlari ko‘proq olingan?

2021-yilda ipoteka kreditlarining (60,2%) yarmidan ko‘pi beshta mintaqaga to‘g‘ri keldi:

  • Toshkent — 27,2 foiz;
  • Farg‘ona viloyati — 9,4 foiz;
  • Samarqand viloyati — 9 foiz;
  • Surxondaryo viloyati — 7,5 foiz;
  • Andijon viloyati — 7,2 foiz.

Aholining qaysi qismi tomonidan ko‘proq ipoteka kreditlari olingan?

2021-yilda mijozlarning yarimidan ko‘pi — 31 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (69 foiz) tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (24 foiz) bo‘lsa, uchinchi o‘rinni esa 50 yoshdan oshgan o‘zbekistonliklar tashkil qilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar