Daryo

Mikroto‘lqinli pechda pishiriladigan brauni retsepti

Shirinlik atigi 20 daqiqada tayyor bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish35 827 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Bor-yo‘g‘i 20 daqiqada tayyor bo‘ladigan takrorlanmas ta’mga ega brauni desert uchun ajoyib tanlov.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • sariyog‘ – 150 gramm;
  • shokolad – 75 gramm;
  • shakar – 200 gramm;
  • vanil – 1 choy qoshiq;
  • kakao – 65 gramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • un – 50 gramm;
  • tuz – bir chimdim.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. O‘rtacha kattalikdagi to‘rtburchak qolip sariyog‘ bilan yog‘lanadi.
  2. Shokolad mayda to‘g‘raladi yoki qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  3. Sariyog‘ mikroto‘lqinli pechda 25-30 soniya davomida eritiladi. Biroz sovitishga qo‘yiladi.
  4. Ustidan tuz, shakar, vanil va kakao solinadi. Mikser bilan yaxshilab aralashtiriladi.
  5. So‘ngra birin-ketin tuxum va oxirida shokolad qo‘shib, aralashtiriladi.
  6. Tayyor bo‘lgan xamir qolipga quyiladi va eng yuqori darajada 4-5 daqiqa davomida pishiriladi.
  7. Shirinlik sovitilgach, bo‘laklarga bo‘linib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar