Daryo

18:00 dan keyin ovqatlanmaslik, ko‘p suv ichish, sport: ozish bo‘yicha eng keng tarqalgan fikrlar chindan ham asoslimi?

18:00 dan keyin, hatto yarim tunda ham ovqatlanish mumkin

2 daqiqa o‘qish78 672 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pinterest

Ortiqcha vazndan qutulishga qaror qilganlar darhol asosiy qoidalarni yodga oladi. Ehtimol, ular haqida hamma bilsa kerak. Biroq tez fursatda vazn yo‘qotish bo‘yicha mashhur maslahatlarning aksariyati yordam bermaydi. Chindan ham natijaga erishishni istaganlar nimalarni yoddan chiqarishi kerakligi haqida quyida ma’lum qilamiz.

Foto: Pinterest

18:00 dan keyin ovqatlanmaslik

18:00 dan keyin, hatto yarim tunda ham ovqatlanish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, faqat yuqori kaloriyali, yog‘li va shakarli taomlar kechqurun iste’mol qilinmaydi.

Kuniga ikki litr suv ichish kerak

Suv tanadagi yog‘larning parchalanishiga ta’sir qilmaydi. Agar iste’mol qilingan oziq-ovqatning kaloriya tarkibi nazorat qilinmasa, hech qanday ichimlik rejimi ozishga yordam bermaydi.

Bir xil parhez takroran yordam bermaydi

Har qanday parhez va kaloriyalarni kamaytirish vazn tashlashga yordam beradi. Ammo bitta parhezga qayta rioya qilish psixologik jihatdan qiyinroq. Bu kundalik odatga aylanadi va odamning ishtiyoqi pasayadi. Bunday vaziyatda qo‘shimcha motivatsiya olish, maqsadlar qo‘yish va boshlagan ishni oxirigacha yetkazish muhimdir.

“Metabolizmim buzilgan, shuning uchun vazn yo‘qotmayapman”

“Ozg‘in odamlar uchun hamma narsa pechdagi kabi erib ketadi, lekin men kichik bo‘lakdan ham semiraman” — bu ham navbatdagi asossiz fikr, chunki katta vaznli odamlarda metabolik jarayonlar ancha faolroq bo‘ladi.

Ortiqcha vazn irsiyatga bog‘liq

Bosh suyagi bo‘lgan skeletning og‘irligi 12, bosh suyagisiz 6 kilogrammni tashkil qiladi. Suvsiz suyaklar esa 3 kilogramm. Irsiyatga kelsak, haqiqatan ham kilogramm ortishiga moyil bo‘lgan xromosomalar mavjud va 98 foiz odam bunga ega. Ammo u faqat yog‘ hujayrasining ko‘payishi bilan bog‘liq. Shuning uchun hammasi faqat insonning o‘ziga va odatlariga bog‘liq.

Yosh o‘tgan sayin vazn yo‘qotish qiyinlashadi

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish har qanday yoshda samarali. Faqat 65 yoshdan keyin bu borada ko‘proq ehtiyot bo‘lish va mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.

Ochlik yoki monodiyeta yordam beradi

Ochlik va monodiyetalar (bitta mahsulotdan iste’mol qilishga asoslangan diyetalar) organizmni och qoldirish tufayli yanada ko‘proq kilogramm yo‘qotishga olib keladi. Ha, odamlar vazn yo‘qotadi, lekin faqat suv va mushak massasi hisobiga. Har qanday monodiyetalar mushak massasini yo‘q qilishi va metabolik jarayonlarni sekinlashtirishi mumkin.

Kichik bir luqmadan odam semirmaydi

Kichik bir luqma ham kaloriya manbai bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha o‘lcham muhim emas. Ortiqcha vaznli odamlar odatda oz-ozdan iste’mol qiladi, ammo semirishda davom etadi.

Bahorda yoki dushanbadan boshlab vazn yo‘qotgan yaxshi

Bu kabi o‘z tasdig‘ini topmagan fikrlar juda ham ko‘p: Yangi yildan keyin, bahor yoki kuzda vazn yo‘qotish osonroq bo‘ladi, dushanbadan boshlab 100 foiz natijaga erishish mumkin. Bu bilan faqatgina vazn kamaytirish rejasi ortga suriladi, aslida, hozirdanoq vazn yo‘qotishni boshlash mumkin. Chunki har kimning vazni va o‘lchami butunlay o‘ziga bog‘liq. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar