• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning tashqi qarzi qariyb 38 mlrd dollarga yetdi

    O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 1-oktabr holatiga ko‘ra, 37,6 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib “Gazeta.uz” xabar qildi.

    Ma’lum qilinishicha, tashqi qarz hajmida davlat qarzi 22,9 milliard dollarga, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz esa 14,7 milliard dollarga teng bo‘lgan.

    Mamlakat tashqi qarzi 2021-yilning 1-yanvar holatida 33,8 milliard dollarni tashkil qilgandi. Qarz yil boshiga nisbatan 11 foizga yoki 3,7 milliard dollarga oshgan. Xususan, davlat tashqi qarzi 7 foizga yoki 1,5 milliard dollarga o‘sib 22,9 milliard dollarni, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz esa 18 foizga yoki 2,2 milliard dollarga o‘sib 14,7 milliard dollarni tashkil etgan.

    Qayd etilishicha, 9 oy davomida O‘zbekiston to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga koronakrizis sharoitida ichki va tashqi bozorlardagi tiklanish, tashqi savdo aylanmasining va pul o‘tkazmalari hajmlarining o‘sishi, global biznes faoliyatining muvozanatlashuvi kabi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

    Yanvar—sentabr oylari uchun joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 5,1 milliard dollar (2020-yilning 9 oyida 279,2 million dollar) miqdorida shakllangan. Bunda savdo balansining (tovarlar va xizmatlar) manfiy saldosi (9,7 milliard dollar) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi (4,6 milliard dollar) hisobiga qisman qoplangan.

    9 oyida moliyaviy hisobning manfiy saldosi 6 milliard dollarni tashkil etgan. Bunda moliyaviy hisob defitsitining o‘sishiga asosiy sabab kreditlar va qarzlar bo‘yicha norezidentlar oldidagi majburiyatlar 2,7 milliard dollarga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 1,7 milliard dollarga hamda portfel investitsiyalarida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi evaziga 1,3 milliard dollarga o‘sishi asosiy sabab bo‘lgan.

    Hisobot davrida mamlakatning chet el valyutasidagi aktivlari 68,3 milliard dollarni, tashqi majburiyatlarining hajmi esa 51,4 milliard dollar miqdorida qayd etilgan. O‘zbekistonning sof investitsion pozitsiyasi yil boshiga nisbatan 17 foizga yoki 3,4 milliard dollarga qisqarib, joriy yilning 1-oktabr holatiga 16,9 milliard dollarga teng bo‘lgan.

    Moliya vazirligi 2022-yilgi “Fuqarolar uchun budjet” loyihasida 2022-yil yakuniga umumiy davlat qarzi 33,5 milliard dollar yoki YaIMga nisbatan 45,2 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. Shundan davlat tashqi qarzi 30,4 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 41 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Kelgusi yilda kutilayotgan budjet taqchilligining 66 foizi tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mo‘ljallangan.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi qarzi 2020-yil yakunlariga ko‘ra 33,8 milliard dollarni tashkil qilgandi. Bu mamlakat YaIMining 50 foizidan ham ko‘p.

    Sentabr oyiga kelib tashqi qarzi qariyb 36 milliard dollarga yetdi.

    Bundan tashqari, Moliya vazirligi O‘zbekistonning 2021-yil I chorak uchun davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 2021-yil 1-aprel holatiga davlat qarzi 23,2 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 40,1 foizni tashkil etgan.

    Keyinchalik Markaziy bank O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori va uning o‘sishi sabablarini ma’lum qilgandi. “Davlat tashqi qarzi o‘sishi COVID-19 pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlansa, xususiy sektorda esa asosan tijorat banklari hisobiga kuzatilmoqda”, — deyilgan hisobotda.

    28.12.2021, 08:00   Izoh (0)   18502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sovg‘a olgan hayvonlar, muzlagan sharshara, savodli dengiz sheri. 27-dekabr suratlari

    27.12.2021, 23:55

    O‘zbekiston bo‘ylab 9070 nafar bolaga “Prezident sovg‘asi” jo‘natildi. Ularning ayrimlarida zamonaviy planshetlar ham bor

    27.12.2021, 23:15

    Jizzaxda Isuzu piyodani urib ketdi

    27.12.2021, 22:30

    Qashqadaryoda pistolet va elektroshoker bilan fuqaroning pul va buyumlarini tortib olgan shaxslar ushlandi

    27.12.2021, 22:15

    Buxoroda 17 yil ilgari ochilgan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilar qolmagani sabab faoliyati tugatildi

    27.12.2021, 21:44

    O‘zbekistonda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tashkil etildi

    27.12.2021, 20:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.