Ushbu yegulik bayram dasturxoni uchun ayni muddao.
Kerakli mahsulotlar:
- qizil baliq – 500 gramm;
- kartoshka – 400 gramm;
- qat-qat xamir – 260 gramm;
- zaytun yog‘i – 3 osh qoshiq;
- tuxum sarig‘i – 1 dona;
- tuz va ziravolar.
- Kartoshka tuzli suvda qaynatib olinadi. Pishgach pyure tayyorlanadi.
- Baliq go‘shtiga zaytun yog‘i, tuz va ziravorlar sepiladi.
- Tovada ikki tomoni qizarguncha qovuriladi.
- Xamir yoyilib, dastlab pishirilgan baliq qo‘yiladi.
- Ustidan pyure bir tekisda solinadi.
- Xamirning ikki chet qismi kesilib, baliq usti o‘ram shaklida yopiladi.
- Tuxum sarig‘i surtilib, 180 daraja pechga 20 daqiqaga qo‘yiladi.
Izoh (0)