Daryo

Yog‘ingarchilik mavsumida oyoq kiyimni asrash bo‘yicha tavsiyalar

Agar poyabzal yuzasi nam bo‘lsa, tezda chiziq va dog‘lar paydo bo‘ladi. Shuning uchun darhol ularni artib tashlashga harakat qilish lozim

2 daqiqa o‘qish33 409 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Domashniy ochag”

Sevimli poyabzalni imkon qadar ko‘proq kiyish hamda yangidek ko‘rinishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Foto: “Domashniy ochag”

Oyoq kiyimlarni kiyishdan oldin ularga maxsus himoya vositasidan sepish kerak. Ular poyabzalni namlikdan, qishda esa poyabzal yuzasida turli dog‘lar paydo bo‘lishidan himoya qiladi. Shuningdek, muz, qor, loy va suv ta’siridan uzoq muddat asraydi. Hozir bunday mahsulotlarni har qanday supermarketda sotib olish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Agar poyabzal yuzasi nam bo‘lsa, tezda chiziq va dog‘lar paydo bo‘ladi. Shuning uchun darhol ularni artib tashlashga harakat qilish lozim. O‘zi qurishini kutish kerak emas.

Foto: “Domashniy ochag”

Etiklarning ustki qismlari ezilmasligi uchun ularning ichiga qog‘oz yoki po‘kak joylashtirish tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Ichi nam bo‘lsa, gazetalar namlikni tortib oladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Kechqurun oyoq kiyimlarni teng nisbatda sirka aralashtirilgan iliq suv bilan artib olish lozim. Bu har qanday qishki oyoq kiyim uchun amal qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Oyoq kiyim yuzasidagi dog‘lardan qutulish uchun suv bilan toza matoda artib olinadi. So‘ngra sodali suvga botirib, kerakli effektga erishilmaguncha, kerakli joyni muloyimlik bilan artiladi. Keyin poyabzalni yana toza nam mato bilan, keyin quruq mato bilan artiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Etiklarning tag qismi yorilib, suv kiradigan bo‘lib qolsa, teshikni yelimlash uchun velosiped kamerasini tuzatish vositasidan foydalanish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”
Aytgancha, oddiy WD-40 turli dog‘larni yo‘qotishga va oyoq kiyimlarni namlikdan himoya qilishga yordam beradi. Uni poyabzalga qo‘llagandan keyin toza mato bilan artib olish zarur. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar