Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan iMID 2021 tadbirida Samsung Displey kompaniyasi o‘lchami 12,4 dyuymga teng yig‘iladigan OLED-displeyga ega “aqlli” kolonka prototipini namoyish etdi, deb xabar beradi IXBT.

E’lon qilingan kadrlardan ko‘rish mumkinki, displey silindrik qurilma korpusini egallagan. U yoyilgan holatda tasvir to‘liq ko‘rinadi. Mazkur ixtiro qachondan seriyali ravishda ishlab chiqarilishi hozircha noma’lum.








