Daryo

Xiaomi Mi brendi odatdagi nomlanishdan voz kechadi

2021-yilning uchinchi choragidan boshlab Xiaomi Mi mahsulotlari seriyasi faqatgina Xiaomi nomi ostida sotiladi

1 daqiqa o‘qish30 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Verge

2021-yilning uchinchi choragidan boshlab Xiaomi Mi mahsulotlari seriyasi faqatgina Xiaomi nomi ostida sotiladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: The Verge

Bu kabi o‘zgarish Xiaomi smartfonlari sotiladigan barcha mintaqalarga tegishli. The Verge ma’lumotlariga ko‘ra, u brend va uning mahsulotlarini qabul qilishdagi oraliqni qisqartirishga yo‘naltirilgan.

Shu bilan birga, Xiaomi’ning ma’lum qilishicha, kompaniya oldingidek Redmi brendini saqlab qoladi, bu esa Xiaomi’ning yuqori sinfga kiruvchi mahsulotlari yoshlar uchun mo‘ljallangan hamyonbop Redmi mahsulotlaridan alohida lineyka sifatida shakllanishidan dalolat beradi.

Foto: The Verge

Yaqinda Mi Mix lineykasida taqdim etilgan smartfon nomlanishdagi o‘zgarishning siljishiga xizmat qildi, kompaniya uni shunchaki Xiaomi Mix 4 deb atagani sabab internetda chalkashliklar yuzaga kelgan. Bundan oldingi telefonlar Mi Mix, Mi Mix 2 va Mi Mix 3 deb nomlangan edi.

Mi brendi asosan g‘arb bozorlarida qo‘llanadi, Xitoyda esa barchaga ma’lum Xiaomi Mi 11 smartfoni shunchaki Xiaomi 11 deb ataladi.

Avvalroq Xiaomi Mi 11T Pro’ning global versiyasi taqdim etilishga tayyorligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar