Daryo

Buyumlardagi dog‘larni ketkazishni zavqli ishga aylantiradigan 8 ta layfxak

Vaqtini qadrlaydigan va uni cheksiz uy ishlariga sarflashni istamaydiganlar uchun foydali maslahatlar bilan bo‘lishamiz

2 daqiqa o‘qish47 628 ko‘rishlar0 izoh0

Vaqtini qadrlaydigan va uni cheksiz uy ishlariga sarflashni istamaydiganlar uchun foydali maslahatlar bilan bo‘lishamiz.

Mikroto‘lqinli pech

Foto: “Domashniy ochag”

Kuchli yog‘ va kirni tez va samarali tozalash uchun mikroto‘lqinli pechga bir stakan sirka eritmasi va limon bo‘lagini soling va 5-10 daqiqa davomida qizdiring. Keyin ichki qismini gubka bilan artib oling.

Plastik o‘yinchoqlar

Foto: “Domashniy ochag”

Plastik o‘yinchoqlar tozalash uchun ularni idish yuvish mashinasiga joylashtiring va to‘liq siklni yoqing.

Uy hayvonlari yunglari

Foto: “Domashniy ochag”

Mushuk va iti borlar gilamlardan yung to‘plarini olib tashlash qanchalik qiyinligini juda yaxshi bilishadi. Gilamni yuzinchi marta changyutgich bilan tozalash o‘rniga, vaqtni tejash uchun rezina tozalagichdan foydalaning.

Tungi chiroqlar

Foto: “Domashniy ochag”

Matodan yasalgan abajurni kiyim tozalaydigan yopishqoq rolik bilan oson tozalash mumkin.

Dush nasadkasi

Foto: “Domashniy ochag”

Qattiq suv dush nasadkasini berkitib qo‘yadigan yoqimsiz xlor qoldiqlarini qoldiradi. Uni yangidek qilish uchun qo‘shimchani sirka kislotasi aralashmasiga bir kechaga qoldiring va ertalab suvda yaxshilab yuvib tashlang.

Bolalar ijodiyoti

Foto: “Domashniy ochag”

Gulqog‘ozga yopishtirilgan stikerlarni yirtib yoki qirqib olmang - qoplama buzilishi mumkin. Soch quritgichdan foydalaning, yelim erigach, astalik bilan ajratib oling.

Zanglamaydigan po‘latdagi dog‘

Foto: “Domashniy ochag”

Nordon sharob-kaliy tuzi zanglamaydigan po‘latdan yasalgan buyumlarni tozalashda juda samarali. Gubkaga oz miqdorda kukun seping va idish sirtini artib oling.

Charm divan

Foto: “Domashniy ochag”
Charmdan yasalgan mebellar uchun maxsus kremlar ancha qimmat va sekin so‘riladi. Mebel yuzasidagi changni tezda ketkazish va materialga mayinlik berish uchun oddiy aroqdan foydalaning. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar