Daryo

Seriyadagi eng katta sig‘imli akkumulyator va IP67 bo‘yicha himoya: Google o‘zining Pixel 5a 5G smartfonini 450 dollar qiymatida taqdim etdi

Pixel 5a 5G ikkitalik — 12 va 16 megapikselli asosiy kameraga ega

1 daqiqa o‘qish34 460 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Google kompaniyasi Pixel 5a 5G smartfonini rasman taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Yangi model alyuminiy korpusga ega bo‘lgan, chang va namlikdan IP67 standarti bo‘yicha himoyalangan, displeyi 60 gertsli tasvir yangilanish chastotasiga ega 6,34 dyuymli OLED, protsessori — Qualcomm Snapdragon 765G, tezkor xotirasi 6 gigabaytli LPDDR4X va 128 gigabayt ichki xotira.

Pixel 5a 5G’ning asosiy kamerasi ikkitalik — 12 va 16 megapikselli. Ularning birinchisi F/1,7 diafragmali keng burchakli obyektivga birlashtirilgan, ikkinchisi esa F/2,2 diafragmali keng burchakli obyektiv. Frontal kamerasida 8 megapikselli datchikdan foydalanilgan. Stereodinamik va naushniklar uchun standart razyomi mavjud.

Yangi modelning o‘zidan oldingi vakillaridan ajratib turuvchi farqi — akkumulyator batareyasi sig‘imida. Pixel 4a 5G’da 3885 mA/soatli akkumulyatordan foydalanilgan bo‘lsa, Pixel 5a 5G’ga sig‘imi 4680 mA/soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan. Simsiz quvvatlantirish funksiyasi yo‘q, simli o‘tkazgichining quvvati esa 18 vattga teng.

Foto: IXBT

Pixel 5a 5G’ni hozirda AQSh va Yaponiyada oldindan buyurtma qilish mumkin. AQShda smartfon 450 dollarga baholangan bo‘lib, savdolari 26-avgustdan boshlanadi.

Avvalroq internetda mitti frontal kameraga ega Google Pixel 6’ning “jonli” surati paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Android 11 tizimli ilk smartfonlar – Pixel 5 hamda Pixel 4a 5G chiqdi (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar