Daryo

Mimika bilan boshqarish. Android smartfonlar yangi funksiyaga ega bo‘ladi

Camera Switch funksiyasi Android 12’ning to‘rtinchi beta-versiyasida Andoird Accessibility Suite dasturida paydo bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish43 862 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: XDA Developers

Google kompaniyasi Android telefonlarni yuz mimikalari — tabassum yoki qoshni ko‘tarish orqali boshqarish imkonini beradigan yangi funksiyani ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Camera Switch funksiyasi Android 12’ning to‘rtinchi beta-versiyasida Andoird Accessibility Suite dasturida paydo bo‘lgan — ushbu dastur avvaliga ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan edi. Dasturning yangi versiyasi hozirda Google Play’da yo‘q, biroq dasturchilar uchun mo‘ljallangan APK-fayl mavjud.

XDA Developers’dagilarning so‘zlariga ko‘ra, yuz ifodasi orqali qator boshqaruv elementlaridan, xususan, sahifalarni aylantirish, bosh ekranga qaytishdan tortib, xabarnomalarni ko‘rishgacha foydalanish mumkin. E’lon qilingan skrinshotlarga ko‘ra, foydalanuvchining o‘zi tasodifiy faolliklardan qochish maqsadida yuz ifodasining “o‘qilishi”ni sozlaydi.

Foto: XDA Developers

“Funksiya qiziqarli, ammo u ko‘plab batareya quvvatini talab qilishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Google Android-dasturlar formatini o‘zgartirishi, Google kompaniyasi O‘zbekistonda Android’lar uchun seysmografni ishga tushirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Narx va samaradorlik borasida eng yaxshi Android smartfonlar reytingi e’lon qilindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar